logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Humo" xokkey klubi 8 yoshga to'ldi!

 15 YANVAR, 2026, 13:16

Bugun Toshkentning "Humo" xokkey klubi tashkil etilganiga 8 yil bo'ldi.

"Bu o'sish, sinovlar va o'z ishimizga bo'lgan ishonch yo'li. Va har bir bosqichda bizni tarixni yaratishda yordam bergan insonlar qo'llab-quvvatladi. Har kuni jarayon ichida mehnat qiladiganlar — murabbiylar, hakamlar, mutaxassislar va xodimlar, bizning aziz ota-onalarimiz va Akademiyamiz tarbiyalanuvchilari,

Albatta, tribunadan qo'llab-quvvatlaydiganlar, ijtimoiy tarmoqlarda yozadiganlar, o'yinlarga keladigan va "Humo" uchun chin yurakdan hayajonlanadiganlar.

Bizning xokkey oilamizning bir qismi bo'lgan har bir insonga katta rahmat. Sizning ishtirokingiz bizga energiya va ishonch beradigan o'sha harakatlantiruvchi kuch, qilayotgan ishlarimiz bekorga emasligiga dalildir.

Tug'ilgan kuning bilan, "Humo" va hammamizni ham tug'ilgan kunimiz bilan! CHunki biz — bitta jamoa va bitta oilamiz!", deyiladi klub xabarida.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ