logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Nazorat o'yini. O'zbekiston U-19 Turkiyani mag'lub etdi

 14 YANVAR, 2026, 19:48

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida mezbonlarga qarshi nazorat bahsida ishtirok etdi.

Qiziqarli va kurashlarga boy o'tgan o'yin vakillarimizning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisob Abraev tomonidan ochildi. Ikkinchi golni esa Hakimov o'z nomiga yozdirib qo'yib, jamoamizning ustunligini mustahkamladi. Etiborli jihati, 58-daqiqada Dilshodbekov qizil kartochka olib maydonni tark etganiga qaramay, vakillarimiz qolgan vaqt davomida bir kishi kam bo'lib o'ynab, darvoza daxlsizligini saqlab qolishdi.


Nazorat o'yini

O'ZBEKISTON U-19 — TURKIYA U-19 2:0

Gollar: Abraev, Hakimov. 

CHetlatish: Dilshodbekov (58).

O'zbekiston U-19 (boshlang'ich tarkib): SHokirov, SHorahmedov, Dilshodbekov, Hakimov, Musaxonov, Jumadullaev, Bobomurodov, SHukurullaev, Abraev, Saidaliev, Sersenbaev.

Zahiradan tushganlar: Abdutolipov, Ismatullaev, Erimbetov, Zokirjonov, Najmiddinov, Maratov, Abdusattorov, Tojiboev, To'laganov, Abdumannopov, Erkinov, Abdusalomov, Tojiev.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ