Toshkentda o'tkaziladigan PWL 11 kurash turnirida kimlar ishtirok etishi malum bo'ldi. Sportchilar orasida Razambek Jamalov, Zaur Uguev va Kayl Snayder kabi nomlar bor (POSTER)
14 YANVAR, 2026, 18:48
27 mart kuni poytaxtimiz sport kurashlari bo'yicha PWL 11 musobaqasini o'zida qabul qiladi.Malum bo'lishicha, bellashuvlar "Humo arena" majmuasida tashkil etiladi.
Professional kurash Ligasi — PWL axborot xizmatining xabar berishicha, turnir doirasida O'zbekiston terma jamoasi safida Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida g'alaba qozongan erkin kurashchi Razambek Jamalov, rossiyalik Zaur Uguev va AQSH vakili Kayl Snayder kabi mashhur atletlar ishtirok etadi.
Avvalroq, UWW_UZB nashri musobaqaning markaziy bahsi Razambek Jamalov hamda Zaurbek Sidakov o'rtasida kechishi haqida xabar bergandi.

Manba: olamsport.com
