logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Hamyurtimiz RCC Boxing Promotions Gran-prisida jang qiladi

 14 YANVAR, 2026, 11:16

24 yanvar kuni Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida RCC Boxing Promotions kompaniyasi boks bo'yicha yarim o'rta vazn toifasidagi Gran-pri turnirini o'tkazadi.

Kecha ushbu musobaqaning dastlabki uchta juftligi elon qilindi.

Etiborlisi, turnir chorak finalida hamyurtimiz Rivojiddin Yo'ldoshev ham ringga ko'tariladi. 22 yashar bokschimizga rossiyalik Magomednuri Magomedov raqiblik qiladi.

Ushbu Gran-pri g'olibi katta miqdordagi mukofot puli, agar ularda hali shartnoma bo'lmasa, promouterlik kompaniyasi bilan shartnomani oladi, shuningdek, WBA qita chempionligi uchun kurashish va eng yaxshi 15 talik reytingiga kirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Malumot uchun, Rivojiddin Yo'ldoshev faoliyati davomida 3 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Magomednuri Magomedov hisobida esa 3 ta g'alaba va 1 ta durang mavjud.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ