Rasman: Kerrik mavsum oxiriga qadar MYU bosh murabbiyi etib tayinlandi
14 YANVAR, 2026, 09:48
Maykl Kerrik "Manchester Yunayted" bilan ishlaydi.Maykl Kerrik "Manchester Yunayted"ning bosh murabbiyiga aylandi. Klub 44 yoshli mutaxassis mavsum yakuniga qadar murabbiy etib tayinlanganini elon qildi.
"Manchester Yunayted" APL turnir jadvalida 21-turdan so'ng 32 ochko to'plab, 7-o'rinni egallab turibdi. Ruben Amorim ishdan bo'shatilgandan keyin, jamoani ikki o'yinda Darren Fletcher boshqargan edi.
Manba: olamsport.com
