Abraxam APLga qaytishi mumkin
11 YANVAR, 2026, 13:32
"Aston Villa" ushbu transfer oynasida Temmi Abraxamni o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda.28 yoshli Abraxam "Roma"ga tegishli bo'lib, ijara asosida "Beshiktosh" sharafini himoya qilmoqda. U Turkiya chempionatida 17 ta o'yinda 7 ta gol urgan.
Takidlanishicha, "CHelsi" sobiq hujumchisining transferi ijara shartnomasi tufayli murakkab ko'rinmoqda, u malum shartlar bajarilgan taqdirda 11,2 mln funt evaziga majburiy sotib olishni nazarda tutadi.
SHuningdek, uning maoshi haftasiga 115 ming funt atrofida ekani, bu esa qo'shimcha to'siq bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.

Manba: olamsport.com
