logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Krouford sevimli bokschilar Top-5`ligini elon qildi

 11 YANVAR, 2026, 12:32

Uchta vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay faoliyatini yakunlagan sobiq mutlaq jahon chempioni Terens Krouford o'zining Top-5 sevimli bokschilarini sanab berdi.

"Mening sevimli bokschilarim... Muhammad Ali, Floyd Meyvezer, SHugar Rey Leonard, Roy Jons va Pernell Uitakker. Yana Andre Uordni ham bu ro'yxatga qo'shaman. Bu bokschilarning janglarini men video tasmalarda tomosha qilishim mumkin edi.

CHunki biz o'sha SHugar Rey Robinson va boshqa barcha buyuklar haqida gapirganimizda, ular bilan faqat bir nechta janglarni ko'rishimiz mumkin. Tushunaman, ko'pchilik bu jangchilarni juda yuqori darajaga qo'yadi, lekin ular hatto qanday jang qilishganini ham ko'rishmagan. Ular haqida hech narsa ko'rishmagan, shunchaki o'qishgan, eshitishgan va hokazo. Biz esa faqat bitta jangning parchalarini yoki shunga o'xshash narsalarni ko'rish bilan cheklanamiz, xolos", - deya Kroufordning so'zlarini keltiradi Ready to Fight portali.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ