Terma jamoamiz dzyudo vatani Yaponiyaga etib bordi
11 YANVAR, 2026, 11:00
O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 11-30 yanvar kunlari oralig'ida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etadi.Terma jamoa bosh murabbiyi Aleksey Budolin boshchiligida dzyudochilarimiz Kunchiqar yurtga etib borishdi. Reja bo'yicha 11-18 yanvar kunlari Kokushikan, 18-24 yanvarda Tokai, 24-30 yanvar kunlari oralig'ida esa Nixon Universiteti qoshidagi dzyudo markazida mashg'ulotlar o'tkaziladi.
Yaponiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini 28 fevral - 1 mart kunlari poytaxtimiz mezbonlik qiladigan OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Yaponiya yig'inida ishtirok etadigan tarkib:
-60 kg: Bahrom Boturov, Samariddin Qo'chqorov
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov, Abdurahim Nutfulloev
-73 kg: SHahram Ahadov
-81 kg: Arslon Tojiev
-90 kg: Davlat Bobonov, SHahzodxo'ja SHaripov, Umar Bozorov
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev
+100 kg: Alisher Yusupov
Bosh murabbiy - Aleksey Budolin

Manba: olamsport.com
