logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Carukyan UFC 324 turnirining asosiy jangini sug'urtalamaydi

 11 YANVAR, 2026, 09:16

UFC 324 turniriga ikki hafta qolganida Arman Carukyan engil vaznda Jastin Getji va Peddi Pimblett o'rtasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jangni sug'urta qilmasligini aytdi.

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasining so'zlariga ko'ra, tashkilot rahbariyati unga ushbu jangda zaxirada bo'lishni so'rab murojaat qilmagan, shu boisdan ham u vazn tashlashni rejalashtirmayapti.

"UFC bilan gaplashganim yo'q va shundan kelib chiqib vazn tashlamayman. CHunki bu og'ir va murakkab jarayon. Agar ular mendan so'rashganida, men buni amalga oshirgan bo'lardim. Lekin menga hech kim bu haqda indamadi. Bu men uchun yaxshi - tavakkal qilib ortiqcha vazn tashlash ishidan forig' bo'laman. Jang qilishim aniq bo'lganda vazn tashlasam yaxshi. Buni shunchaki pul uchun qilmoqchi emasman. Men iyun oyida ham vazn tashlaganman, lekin o'shanda ham hech narsa bo'lmagandi. Kuchimni mashg'ulot yig'ini va vazn poygasi uchun behuda sarflagandim. Vazn tashlash - bu har doim stress", - dedi Carukyan. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ