logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Adelaide International. Birinchi raketkamiz g'alaba bilan boshladi

 10 YANVAR, 2026, 20:16

Avstraliyaning Adelaida shahrida tennis bo'yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi nufuzli turnirning saralash bahslari start oldi.

Unda mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Rossiyadan mahalliylashtirilgan tennischimiz saralashning 1/2 finalida 11-raqam ostida tasniflangan xitoylik CHjan SHuayga qarshi bahs olib bordi. Ikki soatu 37 daqiqa davom etgan uchrashuvda Rahimova dunyoning sobiq 22-raketkasini uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 7/5, 5/7, 6/4.   

Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova ayni paytda WTA reytingida 91, 36 yoshli CHjan SHuay 79-o'rinni egallab turibdi. Vakilamiz 2, tajribali CHin yurti tennischisi 7 ta eys zarbani amalga oshirgan. Qo'shxatolar hamyurtimizda ko'proq bo'ldi - 5 ga 3. Ertaga Rahimova asosiy to'rga yo'llanma beruvchi final uchrashuvida ruminiyalik 35 yashar Sorana Kirstyaga qarshi kortga chiqadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ