logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Manba: Topuriya yozgacha janglarga qaytmasligi mumkin

 10 YANVAR, 2026, 15:00

UFC engil vazn chempioni Iliya Topuriya 2026 yil bahori oxiri yoki yozidan oldin janglarga qaytmaydi.

Bu haqda Marca nashri jangchining ajrashuv bo'yicha sud jarayoniga tayanib xabar berdi.

Nashrga ko'ra, Topuriyaning oktagonga qaytishi uning shaxsiy hayotidagi masalalar hal qilinishiga bevosita bog'liq. Bugun malum bo'lishicha, u sobiq turmush o'rtog'iga qarshi birinchi sudda g'alaba qozongan: sud ajrashuv jarayoni yakunlanmaguncha va uchrashuvlar jadvali belgilanmaguncha, ularning qizini Ispaniya hududidan olib chiqishni taqiqladi.

Taxmin qilinishicha, Topuriya qaytganidan keyingi ilk chempionlik himoyasini Jastin Getji va Peddi Pimblett o'rtasidagi jang g'olibiga qarshi o'tkazadi. Ushbu to'qnashuv 24 yanvar kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi. 

Jang sanasi va raqib bo'yicha yakuniy qaror UFC rahbariyati rejalari hamda chempionning barcha huquqiy masalalarni qanchalik tez hal qilishiga bog'liq bo'ladi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ