Tom Aspinall: "Qaytib, firibgar Ganning adabini berib qo'ymoqchiman"
9 YANVAR, 2026, 14:00
Og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Tom Aspinall Siril Ganga qarshi ehtimoliy revansh haqida fikr bildirdi."Albatta, reja — qaytib kelib Siril Ganning adabini berish. Bu lanati firibgar bilan ishni hal qilishimiz kerak. Lekin hozirgi qisqa muddatli maqsadim — formamni tiklash, keyin esa zalga qaytish", — deya Aspinall so'zlarini keltiradi Low Kick MMA portali.
Manba: olamsport.com
