"Hamma shuni xohlayapti". Uayt - Topuriyaning navbatdagi raqibi kim bo'lishi haqida gapirdi
9 YANVAR, 2026, 10:32
UFC prezidenti Dana Uayt MMA muxlislarining katta qismi UFC chempioni Iliya Topuriya hamda Jastin Getji - Peddi Pimblett o'rtasidagi to'qnashuv g'olibi bilan jangini ko'rishni istashini bildirdi."Hamma Getji — Pimblett jangi g'olibi Iliya Topuriyaga qarshi jang qilishini xohlayapti. Yil davomida hammasi qanday kechishini kuzatamiz", — dedi Uayt Home of Fight akkauntiga tayanilgan holda.
Eslatib o'tamiz, Getji va Pimblett o'rtasidagi jang 25 yanvar kuni o'tkaziladi.
Manba: olamsport.com
