“Asean Track Series”. Rossiyadan mahalliylashtirilgan velosportchimiz 3 ta oltin medal qo'lga kiritdi
9 YANVAR, 2026, 09:16
Velosport bo'yicha terma jamoamiz Malayziyaning Nilay shahrida velotrek bo'yicha o'tgan “Asean Track Series” musobaqasining birinchi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.O'zbekiston terma jamoasi velosportchilari nufuzli xalqaro musobaqada 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Rossiyadan mahalliylashtirilgan sportchimiz Sergey Rostovcev O'zbekiston bayrog'i ostidagi ilk musobaqasidayoq omnium, skretch va elimineyshn bahslarida 3 ta oltin medalga ega chiqdi. Nafosat Kozieva esa elimineyshn bahsida bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Endi hamyurtlarimiz 10-11 yanvar kunlari aynan Nilay shahrining o'zida tashkil etiladigan ikkinchi bosqich bahslarida ham o'z omadlarini sinab ko'rishadi.




Manba: olamsport.com
