Xurshidbek Rasuljonov: Agit Kabayel - superog'ir vaznning kuchlisi!
6 YANVAR, 2026, 13:16
Ikkinchi yarim engil vaznda EBP (Eurasian Boxing Parliament) chempioni hamyurtimiz Xurshidbek Rasuljonov superog'ir vaznning vaqtinchalik WBC kamari uchun kechadigan jangga o'z taxminini bildirdiUshbu jangda vaqtinchalik WBC kamarining amaldagi sohibi Agit Kabayel polshalik Demyan Knibaga qarshi ringga ko'tariladi.
"Agit Kabayel bugungi kunda superog'ir divizionining kuchli bokschilaridan biri. Aleksandr Usikni inobatga olmasa, eng kuchlisi desa ham bo'ladi. Demyan Knibaga qarshi kechadigan jangda Kabayel bu faktni yana bir bor isbotlaydi. SHu paytgacha uni zarbasi kuchsiz og'ir vaznli bokschi sifatida bilardi va shunday munosabat bildirardi. Lekin oxirgi beshta jangida u yorqin nokautli g'alabalar bilan raqiblarini mag'lub etdi. Ishonchim komil, Kabayel Demyanni ham nokaut evaziga yutadi", — dedi Rasuljonov.
Eslatib o'tamiz, Kabayel va Kniba o'rtasidagi jang 10 yanvar kuni Oberxauzen (Germaniya) shahrida bo'lib o'tadi.

Manba: olamsport.com
