logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Liga1. «PSJ» derbida «Parij»ni mag'lub etdi (videosharh)

 5 YANVAR, 2026, 05:00

"PSJ" Frantsiya chempionatining 17-turida "Parij"ni mag'lub etdi - 2:1.

"PSJ" safida vinger Dezire Due va hujumchi Usmon Dembele, "Parij" safida esa forvard Villem Jebbel (penaltidan) gol urdi.

"PSJ" barcha turnirlarda qatorasiga to'rtinchi g'alabani qo'lga kiritdi. U Frantsiya chempionati turnir jadvalida 17 o'yindan keyin 39 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. "Parij" (17 o'yindan keyin 16 ochko) 15-pog'onadan joy olgan.

Keyingi turda "PSJ" 16 yanvar kuni "Lill"ni qabul qiladi. "Parij" 18 yanvar kuni "Nant" mehmoni bo'ladi.

PSJ - Parij - 2:1

Gollar: Due, 45 (1:0). Jebbel, 51 - penaltidan (1:1). Dembele, 53 (2:1)

PSJ: Shevale, Zabarniiy (Markinos, 70), Pacho, Nunu Mendesh (Ernandez, 80), Zair-Emeri, Vitinya, Ruis, Joau Nevesh, Mayulu (Nsoki, 83), Due (Ramush, 70), Dembele (Barkolya, 70)

Parij: Trapp, Mbou, Otavio, Kolodzeychak, De Smet (Ollila, 90), Sangyui, Kamara (J. Lopes, 89), M. Lopes, Gori (Marketti, 77), Ikone (Kafaro, 68), Jebbel (Dao, 89)

Ogohlantirishlar: Zabarniiy, 49

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ