Kris "Kiborg" Jo Roganning MMA elitasi tarifiga qarshi chiqdi
4 YANVAR, 2026, 14:48
Yarim engil vaznda PFL chempioni Kris "Kiborg" Justino UFC sharhlovchisi Jo Roganning eng yaxshi jangchilar faqat dunyoning eng kuchli ligasida degan fikrini keskin qoraladi.Rogan UFC promoushenini boshqa tashkilotlardan ustun qo'yib, boshqalar o'zini aralash yakkakurashlar elitasi deb hisoblay olmaydi, degan fikrni ilgari surgandi.
"Kayla Xarrison PFLni tark etdi, deb aytgan bo'lardim, chunki u Pacheko bilan jangdagi mag'lubiyatdan so'ng meni enga olmasligini tushundi. SHuning uchun u kuchsizroq raqiblar bilan jang qilish uchun kamroq pulga rozi bo'ldi. U bizning jangimiz uchun xohlagan narsasini kelishib oldi va jang qilish vaqti kelganda - uyiga surib qoldi", - deb yozdi braziliyalik ayol chempion ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Kris "Kiborg" Justino so'nggi bor o'tgan yilning dekabr oyida Sara Kollinsga qarshi jangda chempionlik kamarini muddatidan oldin himoya qilgan bo'lsa, Kayla Xarrison 24 yanvar kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirida uzoq tatildan qaytayotgan sobiq ikki vazn chempioni Amanda Nunesga qarshi bahsda kamarini himoya qiladi.

Manba: olamsport.com
