Qozog'istonning Olimpiada-2026 bayroqdorlari kim bo'ladi?
4 YANVAR, 2026, 11:48
Turizm va sport vazirligi Italiyada bo'lib o'tadigan Olimpiada-2026 ochilish marosimida Qozog'iston terma jamoasining bayroqdorlari kim bo'lishi haqida tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.Konkida uchuvchilar Yana Xan va Denis Nikisha bir oydan so'ng start oladigan Qishki Olimpiya o'yinlarida Qozog'iston sport delegaciyasining bayroqdori bo'lmaydi.
"Bu malumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Hozircha terma jamoa to'liq shakllanmagan. Licenziyalar uchun kurash hali ham davom etmoqda. To'liq malumot Qozog'iston Resupblikasi Turizm va sport vazirligining rasmiy manbalarida elon qilinadi. Matbuot vakillarini rasmiy malumotni kutishga chaqiramiz", - dedi Vazirlik matbuot kotibi Balim Alamedinova.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Sport va jismoniy tarbiya qo'mitasi raisi o'rinbosari Nurlan Esembaev Yana Xan va Denis Nikisha 2026 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari ochilishida Qozog'iston bayrog'ini ko'tarishini malum qilgandi.
Bo'lajak qishki Olimpiadaning ochilish marosimi 6 fevral kuni Milandagi "San-Siro" stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: olamsport.com
