logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Afrika millatlar kubogi. Mali penaltilar seriyasida Tunisni mag'lub etdi (videosharh)

 4 YANVAR, 2026, 09:34

Afrika millatlari kubogining 1/8 final bosqichida Mali va Tunis terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahsning asosiy vaqti va qo'shimcha bo'limlari 1:1 hisobida tugadi. Penaltilar seriyasida esa omad Mali tomonida bo'ldi — 3:2.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Mali terma jamoasi futbolchisi Voyo Kulibali qizil kartochka oldi. 89-daqiqada Firas Shauat Tunisni oldinga olib chiqdi. 90+7-daqiqada esa Lassin Sinayoko penaltini aniq amalga oshirib, o'yinni qo'shimcha vaqtga olib o'tdi. Penaltilar seriyasida g'alaba Mali terma jamoasiga nasib etdi.

Turnirning 1/4 finalida Mali terma jamoasi Senegal bilan kuch sinashadi.

Afrika millatlari kubogi. 1/8 final
Mali — Tunis - 1:1. Penaltilar seriyasi - 3:2
Gollar: 0:1 — Shauat (88), 1:1 — Sinayoko (90+6)
Chetlatishlar: Kulibali (Mali)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ