logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jek Della Maddalena UFC 327 turnirida oktagonga qaytishi mumkin, raqib ham aniq

 3 YANVAR, 2026, 11:32

12 aprel tongida AQSHning Florida shtati Mayami shahrida raqamlangan UFC 327 turniri o'tkaziladi.

Taniqli insayder Marsel Dorfning malum qilishicha, turnir doirasida yarim o'rta vazn toifasining avstraliyalik sobiq chempioni Jek Della Maddalena Braziliya vakili Karlos Pratesga qarshi bahs olib boradi.

Maddalena noyabr oyida rossiyalik Islam Maxachevga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib, chempionlik kamaridan ayrilgandi. U hozirda reytingning birinchi pog'onasida turibdi. Karlos Prates esa UFC reytingida oltinchi o'rinni egallab turibdi.

Avvalroq, UFC 327 turniri doirasida Dominik Reyes (AQSH) — Jonni Uoker (Braziliya) jangi tashkil etilishi haqida xabar bergandik.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ