logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Bektemir Meliqo'ziev WBA chempionlik kamari uchun majburiy davogarga aylandi

 2 YANVAR, 2026, 10:00

Ikkinchi o'rta vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bektemir Meliqo'ziev Butunjahon boks associaciyasi (WBA) reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Gap shundaki, ushbu vaznda meksikalik 26 yoshli Xose Armando Resendis (16-2, 11 KO) WBA chempionlik kamarining to'laqonli egasiga aylandi. Resendis 2025 yilning may oyida Kaleb Plantni mag'lub etib, vaqtinchalik WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. Terens Kroufordning faoliyatini yakunlashi Resendisni avtomatik tarzda ushbu chempionlik kamarining to'laqonli egasi bo'ldi. 

Buning natijasida Bektemir Meliqo'ziev (16-1, 10 KO) reytingda birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. CHarm qo'lqop ustamiz endi Xose Armando Resendisning chempionlik kamariga rasmiy va majburiy davogar.  

The Ring bergan xabarga ko'ra, meksikalik chempionning rejalari biroz boshqacha. U Edgar Berlanga (23-2, 18 KO) bilan muzokara boshladi. Ayni paytda Meliqo'ziev Kaliforniya shtatining Indio shahrida meksikalik Joel Dias qo'l ostida mashg'ulotlarini davom ettirmoqda. 29 yoshli Bektemir so'nggi jangini 2025 yilning may oyida Darius Fulgxemga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ