Novak Jokovich bolaligidagi uch asosiy kumirini aytdi
31 DEKABR, 2025, 16:16
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning 24 karra chempioni, jahonning sobiq birinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich bolaligidagi kumirlari haqida gapirdi."Mening kumirlarim Pit Sampras, Kobi Brayant va Alberto Tomba edi - ular o'z sport turlarida eng buyuk edilar. Men ularni muxlis sifatida qo'llab-quvvatladim. Agar tennischi bo'lmaganimda, nima bilan shug'ullanardim? Bolaligimda futbol o'ynashni yaxshi ko'rardim...", - deya Jokovichning Globe Soccer Award mukofotidan iqtibos keltiradi jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, 28 dekabr kuni Jokovich Dubay (BAA) shahrida bo'lib o'tgan Globe Soccer Award mukofotining "Yil sportchisi" nominaciyasini "Al-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu qo'lidan qabul qilib olgan edi.

Manba: olamsport.com
