logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Nodirbek Abdusattorov: “Ikkinchi o'yinda Magnusning imkoniyatlarini past baholadim”

 31 DEKABR, 2025, 14:16

Blic bo'yicha jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov finaldan keyingi intervyusida hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.

Saralash bahslari yakunlariga ko'ra kuchli to'rtlikdan joy olgan Abdusattorov yarim finalda hindistonlik Arjun Ergaisini 2,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Finalda esa jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi, norvegiyalik afsona Magnus Karlsenga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


“Natijamdan juda xursandman. Saralash bosqichida tay-breklar tomondan omad ham bo'ldi. Eng asosiysi  Top-4`ga kirishning o'zi juda katta omad. Finalga chiqqanimdan ham xursandman, oxirigacha bor kuchimni berdim. Rostini aytsam, g'olib bo'lishimga ozgina qoldi,” — dedi Nodirbek.

Pley-offga chiqish formatiga to'xtalib, u shunday fikr bildirdi: “Agar 8 ta yo'llanma bo'lsa, albatta osonroq bo'lardi. Top-4 tizimi bazan juda keskin va biroz "tasodifiy" ham bo'lib ketadi. Buni muxlislar o'zi his qilsa ham bo'ladi”.

Finaldagi burilish nuqtalari haqida esa Nodirbek ochiq gapirdi: “O'zimni yaxshi his qilayotgandim. Ikkinchi o'yinda uning imkoniyatlarini past baholadim — poziciya durangga yaqin edi, lekin u juda aniq o'ynadi. Oxirgi o'yinda ham vaziyat keskin edi: tashabbus uchun piyoda qurbonlik qildim, ammo aniq davomni topa olmadim. Endshpil menga biroz qiyinroq edi va u oxirida o'z imkoniyatidan foydalandi. Magnusni tabriklayman”.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ