Amirxon Alixo'jaevning oktagonga qaytish sanasi aytildi
30 DEKABR, 2025, 16:48
Engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi MMA jangchimiz Amirxon Alixo'jaev yangi tashkil etilgan Mangu MMA Ligasi bilan shartnoma tuzdi.Bu haqda sportchi va Liga sahifalari xabar berdi.
Amirxon 7 fevral kuni Toshkentdagi "Humo arena" inshootida o'tkaziladigan Mangu MMA 1 turnirida ishtirok etadi.
Sportchi faoliyati davomida hozirgacha 18 ta jangda qatnashib, 12 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Manba: olamsport.com
