logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Joshuaning kechagi baxtsiz hodisadan keyingi holati haqida malumot berildi

 30 DEKABR, 2025, 13:00

Nigeriyaning Ogun shtati hukumati boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning ahvoli haqidagi tafsilotlarni ochiqladi.

"Entoni Joshua va yana bir yo'lovchi darhol Lagosdagi ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga evakuaciya qilindi. Keng qamrovli klinik tekshiruvdan so'ng shifokorlar ikkala bemorning ham ahvoli barqaror va shoshilinch tibbiy aralashuvga muhtoj emasligini tasdiqlashdi. Maxsus tibbiy guruh tuzilgan, jarohatlanganlar nazorat ostida", deyiladi BBC tomonidan keltirilgan bayonotda.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Avvalroq xabar qilinishicha, baxtsiz hodisa Lagos - Ibadan avtomagistralida sodir bo'lgan, o'shanda Joshua o'tirgan Lexus rusumli avtomobil to'xtab turgan yuk mashinasi bilan to'qnashgan. Natijada mashinaning old tomonida o'tirgan ikki kishi halok bo'lgandi. Orqa o'rindiqda o'tirgan Joshua baxtli tasodif tufayli omon qolgandi. Vafot etganlar Entonining shaxsiy murabbiylari edi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ