logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

BAA chempionati. Shukurov assist qilgan, Mozgovoy sariq kartochka olgan o'yinni Kannavaro stadiondan kuzatdi (videosharh)

 30 DEKABR, 2025, 08:34

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro  futbolchilarimiz — Otabek Shukurov va Akmal Mozgovoy to'p suradigan «Baniyas» klubining «Ad-Dafra»ga qarshi uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qildi.

"Baniyas" safardagi 10-tur bahsida 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Otabek Shukurov o'yinni asosiy tarkibda boshlab, jamoasining 58-daqiqadagi ikkinchi goliga assistentlik qildi.

Akmal Mozgovoy esa 68-daqiqada zaxiradan tushib, 90+2-daqiqada sariq kartochka oldi.

"Baniyas" ushbu g'alaba evaziga o'z ochkolarini endigina 7 taga etkazib, jadvalda 11-o'ringa ko'tarildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ