Lukashenko xokkey o'yinida yiqilib tushdi (video)
29 DEKABR, 2025, 21:00
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda bo'lib o'tgan xokkey o'yini vaqtida jamoadoshi bilan to'qnashib ketib, muzga yiqildi. Bu haqda Sport Baza Telegram kanali xabar berdi.
Prezidentga sobiq “Salavat Yulaev” va Minsk “Dinamo”si hujumchisi Yaroslav Chupris urilib ketgan. Shundan so'ng u darhol klyushkasini tashlab, Lukashenkoga yordam berishga shoshilgan. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.
Xokkey o'yini prezident jamoasi va Brest viloyati terma jamoasi o'rtasida bo'lib o'tgan. Natija 5:5 hisobidagi durang bilan yakunlangan. O'yin tugashiga bir soniyadan kam vaqt qolganda hisobni Belarus etakchisining o'g'li — Nikolay Lukashenko tenglashtirgan.
Keyinchalik Aleksandr Lukashenko bel mushaklarida engil cho'zilish bo'lganini, o'zini yaxshi his qilayotganini va keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rayotganini ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, aprel oyida Lukashenko mashhur xokkeychi Ueyn Gretski bilan birga xokkey o'ynaganini aytgandi. Uning so'zlariga ko'ra, Gretski 2010-yilda Kontinental xokkey ligasi (KXL) yulduzlar o'yinida qatnashish uchun Minskka kelgan.
Shuningdek, o'sha yili Lukashenko Minsk “Dinamo”si xokkeychilariga sovg'alar topshirgan. Jamoa ilk bor Kontinental xokkey ligasi pley-offining ikkinchi bosqichiga chiqqan edi. Prezident futbolchilarga bir quti yog', bir nechta idishda Tojikiston asali va javdar noni sovg'a qilib, ularni hazil tariqasida “doping” deb atagan.
Manba: stadion.uz
