"Neftchi" yana uch nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
29 DEKABR, 2025, 13:48
Yangi mavsum oldidan "Neftchi" asosiy tarkibning bir qator futbolchilar bilan yangi shartnomalar imzolamoqda.O'tgan mavsum jamoaning asosiy himoyachilari bo'lgan Ibrohimhalil Yo'ldoshev va Boyan Ciger bilan shartnomani uzaytirdi. Yangi kelishuv 2 yilga mo'ljallangan. SHuningdek, "Neftchi" jamoaning uzoq yillik darvozaboni Akbar To'raev bilan shartnomani bir yilga uzaytirdi.
Yo'ldoshev o'tgan mavsum "Neftchi" safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 2 ta assist bor. Ciger esa 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. To'raev o'tgan mavsum 2 ta bahsda jamoasining darvozasini qo'riqladi.

Manba: olamsport.com
