Islam Maxachev Rossiya MMA terma jamoasi tarkibini tuzib chiqdi
28 DEKABR, 2025, 15:32
Ikki vaznda UFC chempioni Islam Maxachev o'z intervyusida MMA bo'yicha Rossiya terma jamoasi tarkibiga kimlarni kiritishi haqida gapirdi.U terma jamoa bosh murabbiyligiga o'z ustozi va jamoadoshi Xabib Nurmagomedovni qo'ydi.
Maxachevning talqini bo'yicha Rossiya MMA terma jamoasi tarkibi:
57 kg: Askar Askarov (Islam shart evaziga Askarni tanladi, u avvalgi holatiga qaytishi kerak);
61 kg: Pyotr Yan;
66 kg: Imam Xizriev;
70 kg: Islam Arman Carukyan Armaniston vakili bo'lgani uchun Usman Nurmagomedovni tanlashini takidladi;
77 kg: Islam Maxachev (o'zini tanladi);
84 kg: Xamzat CHimaev (Maxachev qo'shimcha qildi: "Biz unga Rossiya bayrog'ini berdik");
93 kg: Magomed Ankalaev;
120 kg: Aleksandr Volkov;
Bosh murabbiy - Xabib Nurmagomedov.

Manba: olamsport.com
