logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Maxachev Faxretdinovning UFC’dan haydalishi haqida: "G'alaba qozonib, jim turadigan yigitlar kerak emas"

 28 DEKABR, 2025, 14:48

Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Islam Maxachev mag'lubiyati bo'lmasa-da, Dana Uayt promousheni ro'yxatidan chiqarilgan Rinat Faxretdinov haqida gapirdi.

"Rinat - yaxshi jangchi, katta mahoratga ega, ammo UFC’ga sotish mumkin bo'lgan, ustida pul ishlash mumkin bo'lgan jangchilar kerak. Rinat shunchaki chiqib, g'alaba qozonardi...

Men hatto zaldagi yigitlarga har doim takidlab gapiraman: "UFC’ga hammani yutib, jim o'tiradigan yigitlar kerak emas. Ingliz tili o'rganing. O'zingizni pullashni o'rganing, ommaga qiziq bo'lishni o'rganing. Butun Amerika WWE kurashini yaxshi ko'radi. Biz u erda nima bo'layotganini, u erda hamma narsa qanday tashkil etilganini tushunamiz. Lekin ular shouni yaxshi ko'rishadi. Va buning uchun shunchaki shou qilishni o'rganish kerak", - dedi Maxachev "Ushatayka" YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

SHu hafta avvalida Rinat Faxretdinov 6 g'alaba va 1 durangiga qaramay, UFC jangchilari rosteridan chiqarilgan edi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ