logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Paulo Kosta Bruno Ferreyraga qarshi jangdan "echildi"

 27 DEKABR, 2025, 14:48

O'rta vaznda chempionlik kamari uchun sobiq davogar Paulo Kosta 7 mart kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 326 turnirida Bruno Ferreyraga qarshi jangda oktagonga chiqishi kerak edi.

Braziliyalik taniqli sharhlovchi Leo Gimaraeshning malum qilishicha, uning hamyurti hisoblangan Paulo Kosta bo'lajak jangda qatnasha olmaydi. 

"Menga Paulo Kosta Bruno Ferreyraga qarshi jangdan chiqib ketganini aytishdi. Sababi hozircha malum qilinmayapti. Qo'shimcha malumotlar paydo bo'lishi bilan albatta xabar beraman", - deb yozdi braziliyalik muxbir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Malumot uchun, joriy yilda Paulo Kosta bitta jang o'tkazgandi. U iyul oyida rossiyalik Roman Kopilovni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyata uchratdi. Bu bilan Kosta Robert Uittaker va SHon Striklenddan qabul qilib olgan mag'lubiyatlari seriyasini yopdi.

Ayni paytda Paulo Kosta UFC o'rta vazn toifasi reytingida o'n uchinchi o'rinni egallab turibdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ