logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kriket. O'KF vakillari Afg'onistonda o'tkazilgan hakamlik seminarida ishtirok etdi

 25 DEKABR, 2025, 17:16

Yozgi olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan kriket sport turini mamlakatimizda rivojlantirish borasida O'zbekiston kriket federaciyasi tomonidan ishlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

SHu bois, O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev, kriket bo'yicha Qashqadaryo viloyati masul vakili Dilshod Norboev, Samarqand viloyati bo'yicha masul vakili Elbek Narzullaev hamda Toshkent shahri bo'yicha vakili Sardor Xojimurodovlar 22-24 dekabr kunlari Afg'onistonning Qobul shahrida o'tkazilgan ikki kunlik hakamlik (o'yin nazoratchisi) o'quv seminarida ishtirok etishdi. 


Afg'oniston kriket kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur hakamlik o'quv — seminarida bir guruh kriket  mutaxassislar o'yinlarini qanday tashkil etish, nazorat qilish, o'yin sifatini oshirish kabi mavzularda tajriba almashishdi. 

Xalqaro kriket kengashi (ICC) hakami Graem Fredrek rahbarligida bo'lib o'tgan ushbu o'quv — seminardan ko'zlangan asosiy maqsad — milliy va xalqaro musobaqalar uchun  malakali  hakamlarni tayyorlashdan iborat bo'ldi.


SHuningdek, O'KF raisi Aziz Mixliev Afg'oniston kriket kengashi raisi Mirvais Ashraf bilan kriket sport turini har tomonlama yuksaltirish borasidagi hamkorlik masalalarni ham muhokama qilishdi. 


Takidlash joiz, yaqinda Afg'oniston kriket kengashi O'zbekiston kriket federaciyasi bilan Toshkentda kriket sport turini rivojlantirishga oid memorandum imzolagan edi. Demak, imzolangan kelishuvga muvofiq hamkorlik ishlari boshlab yuborilgan va bu say-harakatlar yurtimizda kriket sport turini keng ommalashishiga xizmat qiladi.





comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Ilhom RAHMONOV tayyorladi


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ