logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

“Prezident Olimpiadasi”da g'olib va sovrindor bo'lgan poytaxtlik sportchilar taqdirlanishdi + FOTOGALEREYA

 24 DEKABR, 2025, 07:48

Joriy yil o'tkazilgan “Prezident Olimpiadasi” musobaqasida umumjamoa hisobida Toshkent shahri jamoasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritgan edi.

SHu munosabat bilan poytaxtimizdagi “Renessans” kino uyida musobaqada shohsupaga ko'tarilgan Toshkent shahri vakillari, shuningdek, yuqori natija qayd etgan shahar federaciya bo'limlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Sport vazirligi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi rahbariyati, shahar sport boshqarmasi mutasaddilari, sportchilar va ularning yaqinlari ishtirok etdi.

Marosim davomida 51 nafar sportchi planshet, 35 nafar murabbiy televizor bilan taqdirlandi, shuningdek, taekvondo WT, sport kurashlari, badiiy gimnastika va 3x3 basketbol yo'nalishlarida yangi sport obektlarini barpo etish uchun federaciya bo'limlariga maxsus vaucherlar topshirildi.






















Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ