«Siti» bu yulduz uchun kurashda «Yunayted»ni ortda qoldirdi
24 DEKABR, 2025, 01:34
"Bornmut" vingeri Antuan Semeno qishki transferlar davrida qaerga ko'chib o'tishni ma'qul ko'rayotgani ma'lum bo'ldi.
Ganalik yulduz "Manchester Siti"ga o'tishga qaror qildi, deyiladi nufuzli jurnalist Devid Ornshteynning yangi hisobotida. Bitim hali kelishilmagan, ammo "shaharliklar" "giloslar" yulduzini ko'ndirishga muvaffaq bo'lgan ko'rinadi. 25 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted"ning yanvar oyidagi ustuvor maqsadlari qatorida edi, ammo "qizil iblislar"ning "qo'shnilar"ga qarshi kurashdagi imkoniyatlari yuqori baholanmadi.
Xabaringiz bor, 10 yanvarga qadar Antuan Semenoni taxminan 75 mln evroga sotib olish mumkin bo'ladi - bunday tovon puli uning "Bornmut" bilan shartnomasida ko'rsatilgan.
Manba: stadion.uz
