logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Ankalaevning menejeri Magomedning keyingi jangi haqida xabar berdi

 23 DEKABR, 2025, 13:16

Yarimog'ir vaznda sobiq UFC chempioni Magomed Ankalaevning menejeri Rizvan Magomedov mijozining keyingi jangini kimga qarshi o'tkazishi mumkinligini malum qildi.

"Ko'rib turganimizdek, Aleks Pereyra Magomed bilan uchinchi marta jang qilish istagi bilan yonmayapti, ammo biz bunga erishamiz. Ankalaev Pereyraga qarshi hal qiluvchi bahs oldidan Irji Proxazka bilan jang o'tkazishi kerak. Bu chempionlik uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritish uchun ajoyib qadam bo'lardi", - deya Rizvan Magomedovning so'zlarini keltiradi Low Kick MMA portali.

Eslatib o'tamiz, UFC 320 turnirida bo'lib o'tgan so'nggi jangda Ankalaev Aleks Pereyraga birinchi raunddayoq nokaut evaziga imkoniyatni boy bergandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ