Karlos Alkaras Ozodlik haykalini tatuirovka qildi + FOTO
23 DEKABR, 2025, 10:32
Dunyoning birinchi raketkasi Karlos Alkaras qo'liga Ozodlik haykalini chizdirdi.SHu yil ispaniyalik tennischi US Open turniridagi g'alabasidan so'ng ikkita tatuirovka: Bruklin ko'prigi va Ozodlik haykalini tatuirovka qilmoqchi ekanini aytgandi.
Ilk US Open chempionligidan so'ng, ispaniyalik tennischi final sanasi - "11.09.22" hamda bobosining "bosh, yurak va tuxum" degan maslahati bilan tatuirovka qildi. Bundan tashqari, Alkarasning tanasi Rolan Garos-2024 va Uimbldon-2024 finallari sanalari, Eyfel minorasi va qulupnay bilan to'ldirilgan.

Manba: olamsport.com
