logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Afrika mullatlar kubogi. Marokash ochilish o'yinida Komor orollarini mag'lub etdi (video)

 22 DEKABR, 2025, 12:00

2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogi ochilish o'yini Marokash va Komor orollari o'rtasida bo'lib o'tdi. O'yin Marokashning Rabat shahridagi Shahzoda bin Fahd stadionida bo'lib o'tdi. Mezbon jamoa 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Marokash hujumchisi Sufyon Rahimiy 11-daqiqada o'yindagi birinchi golni urdi, ammo hakam golni inobatga olmadi. Ikkinchi bo'limda "Real Madrid" hujumchisi Brahim Diaz 55-daqiqada hisobni ochdi. Ayub el-Kaabiy 74-daqiqada gol urib, yakuniy hisobni 2:0 ga etkazdi.

2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogi Marokashda bo'lib o'tmoqda. Musobaqada oltita guruhga bo'lingan 24 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda. Turnir 18 yanvargacha davom etadi. Afrika Millatlar Kubogining amaldagi chempioni — Kot-d'Ivuar terma jamoasi.

Afrika Millatlar Kubogi. A guruhi. 1-tur
2025 yil 21 dekabr, yakshanba.
Marokash - Komor orollari - 2:0 (0:0)
Gollar: 1:0 Diaz – 55ʼ 2:0 El Kaabiy – 74ʼ

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ