Florentino Peres Kloppni "Real"ni boshqarishga ko'ndirmoqchi
22 DEKABR, 2025, 10:48
Aynan Yurgen Klopp "Real" bosh murabbiyligi uchun Xabi Alonsoning o'rniga davogarlardan biri hisoblanadi.Manbaga ko'ra, Madrid klubi "Liverpul"ning sobiq ustoziga to'p bilan ishlashni biladigan va o'yin suratini tezlashtira oladigan himoyachi va yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga vada bermoqda.
Ayni paytda "Real" 42 ochko bilan La Ligada ikkinchi o'rinda bormoqda. Ortda qolgan turda "qaymoqranglilar" "Sevilya" ustidan 2:0 hisobida zafar quchishdi.

Manba: olamsport.com
