logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Peddi Pimblett: "Getji bilan tik holatda jang qilaman"

 20 DEKABR, 2025, 15:16

Britaniyalik engil vazn toifasi vakili Peddi Pimblett amerikalik Jastin Getji bilan bo'lajak jang rejasi tafsilotlarini oshkor qildi.

"Getji bilan "stoykada", yani tik turgan holatda jang qilaman deganimda hamma kuladi, lekin aynan shunday bo'ladi. Hamma meni jangning dastlabki o'n soniyasidayoq kurashga yuguradi, deb o'ylaydi. Yo'q, bunday bo'lmaydi.

Men u bilan tik turib jang qilaman, unga o'z jangimni o'tkazaman. Odamlar hayratda qoladi. Getji loukik zarbalarini yo'llashni biladigan jangchi. Men esa to'laqonli MMA jangchisiman", - dedi Pimblett.

Eslatib o'tamiz, 24 yanvar kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirida Jastin Getji va Peddi Pimblett engil vazn toifasida vaqtinchalik kamar uchun jang qiladi. Ushbu vazn toifasida to'laqonli UFC chempioni Iliya Topuriya oilaviy sabablarga ko'ra faoliyatida tatil oldi. Uning oktagonga qachon qaytishi hali nomalum.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ