Yaxshi yangilik: O'zbekiston Milan va Kortina-2026 qishki Olimpiadasi uchun navbatdagi yo'llanmani qo'lga kiritdi!
20 DEKABR, 2025, 12:16
Kelasi yilning 6-22 fevral kunlari Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampecco shaharlarida XXV qishki Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi.Musobaqada ishtirok etuvchi O'zbekiston delegaciyasi yana bir licenziyaga ega chiqdi.
Malum bo'lishicha, O'zbekistonga short-trek sport turi bo'yicha erkaklar o'rtasidagi bahslar uchun bitta yo'llanma ajratilgan. Licenziya sportchilarimiz Denis Ayrapetyan va Daniil Eybogning Jahon turidagi ishtiroki orqali qo'lga kiritildi. Endi O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston qishki sport turlari assosiaciyasi musobaqada ishtirok etuvchi sportchi nomini aniqlab olishi kerak bo'ladi.
Takidlash joiz, O'zbekiston delegaciyasi short-trek sport turida hozirga qadar birorta qishki Olimpiadalarda yo'llanma qo'lga kiritmagandi. SHunday ekan, bu natijani tarixiy deb atash mumkin.
Manba: olamsport.com
