O'zbekiston U-17 terma jamoasi sardori "Neftchi"ga o'tdi
19 DEKABR, 2025, 12:32
“Neftchi” klubi qishki transfer oynasidagi yurishini davom ettirmoqda.Farg'onaliklar asosiy etiborni tajribali ijrochilar bilan birga yosh va istiqbolli futbolchilarni jalb etishga ham qaratgan. Navbatdagi yangi futbolchi — O'zbekiston U-17 terma jamoasi sardori Mo'minxon Bahodirxonov bo'ldi. U yangi mavsumda “Neftchi” sharafini himoya qiladi.
Qayd etish joizki, bungacha klub Nurbek Sarsenbaev, Azizbek Erimbetov va Ibrohim SHokirov bilan tarkibni to'ldirgan edi.

Manba: olamsport.com
