logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

21 yashar hamyurtimiz Rossa Racing tarkibida Dubaydagi 24 soatlik poygada ishtirok etadi + FOTO

 19 DEKABR, 2025, 08:00

O'zbekistonlik poygachi Ismoil Ahmedxo'jaev "24 soat Dubay" sutkalik marafonida Rossa Racing ekipajini boshqaradi.

Bu haqda Rossa brendi asoschisi Roman Rusinov o'zining telegram-kanalida xabar berdi.

Poygaga Rossa LM GT avstomobili qo'yiladi. SHuningdek, ekipaj tarkibida chidamlilik poygalarining ko'p karra chempioni, Rossa brendi asoschisi Roman Rusinov, BAAlik avtopoygachi Amna Al-Kubaisi va yosh pilot Vyacheslav Gutak ham bo'ladi. 21 yoshli Ismoil Ahmedxo'jaev uchun bu Dubaydagi bir kunlik marafondagi debyut poyga bo'ladi.

Rossa LM GT avtomobili birinchi marta shu yilning yanvar oyida "24 soat Dubay" poygasida taqdim etilgan va darhol yuqori tezlikni ko'rsatib, poul-poziciyani egallagandi. Debyutdan so'ng model avtosport hamjamiyatida katta qiziqish uyg'otdi.

Bu galgi "24 soat Dubay" poygasi 2026 yilning 17-18 yanvar kunlari o'tkaziladi.




Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ