CHeyl Sonnen: "UFC Topuriyani chempionlikdan mahrum qiladi"
18 DEKABR, 2025, 14:32
UFC chempionligiga sobiq uch karra davogar, hozirda tahlilchi CHeyl Sonnenning fikricha, Liga engil vazn chempioni Iliya Topuriyani chempionlikdan mahrum qilishi lozim."Agar biz chempionga nisbatan kechirimli bo'lishni istasak, faqat u kasal yoki jarohat tufayli janglarni o'tkazib yuborgandagina shunday bo'lishimiz lozim. Ammo Topuriya kasallik yoki jarohat mezonlariga to'g'ri kelmaydigan sabablarga ko'ra jang o'tkazmayotganini aytganda, u chempionlikdan mahrum bo'lishi kerak. Uni kamaridan mahrum qilishlarini istamasdim. Men uning tomonidaman. Ammo uni har qanday holatda ham unvondan mahrum qilishga to'g'ri keladi", - deya CHeyl Sonnenning so'zlarini keltiradi MMAFighting.
Avvalroq Topuriya kamar himoyasini nomalum muddatga kechiktirishga majbur qilgan muammolar haqida gapirgan edi.

Manba: olamsport.com
