46 yoshli Pakyao 2026 yildagi rejasini ochiqladi
16 DEKABR, 2025, 19:16
Bir necha vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao 2026 yilda bir nechta jangda ishtirok etmoqchi."Rejamda 2026 yili bir nechta jang o'tkazish bor. Muzokaralar olib bormoqdamiz", - dedi Pakyao.
Eslatib o'tamiz, Pakyao hozirda 46 yoshda. U 1995 yilda professional boksda debyut qilgan. 1998 yilga kelib ilk bor Jahon chempioni unvoniga sazovor bo'lgan.
Manba: olamsport.com
