logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Isroil Madrimovning yanvar oyidagi raqibi haqida malumot berildi

 16 DEKABR, 2025, 12:32

Avvalroq, prof boksning super yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik sobiq Jahon chempioni Isroil Madrimov 2026 yil yanvar oyida navbatdagi jangini o'tkazishi haqida xabar berilgandi.

Boks insayderi Jalol Ahmedov "The Dream" Madrimovning mazkur jangi haqida malumot berdi.

"Isroil Madrimovning 24 yanvar kuni jang qilishi borasida xabarlar tarqalgan edi. Bu masalani uning menejerlaridan biri Alik Frolovdan aniqlashtirdim.

Uning aytishicha, Madrimov rostdan ham ushbu kechada jang o'tkazadi. Biroq raqib jiddiy bo'lmaydi va bu bahs shunchaki Madrimovning jarrohlik amaliyotidan so'ng qay darajada tiklanganini ko'rib olish uchun test sifatida o'tkaziladi", deb yozgan Ahmedov o'z Telegram kanalida.

Malumot uchun, o'sha kuni Matchroom Boxing kompaniyasi Las-Vegasda boks oqshomi tashkil etadi. Kechaning markaziy jangida IBF kamari sohibi Raymond Muratalla davogar Endi Kruzga qarshi himoya jangini o'tkazadi.  

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Isroil Madrimov prof ringda hozirgacha 13 ta jang o'tkazib, 10 g'alaba, 2 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U oxirgi jangini 22 fevral kuni amerikalik Virjil Ortisga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergandi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ