Kurash bo'yicha XV Jahon chempionati mezboni elon qilindi
16 DEKABR, 2025, 10:48
Xalqaro Kurash Associaciyasi (IKA) tashabbusi bilan 2026 yil 31 yanvar – 5 fevral kunlari milliy qadriyatimizning bir bo'lagi hisoblangan kurash bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati o'tkaziladi.Eron Islom Respublikasining SHimoliy Xuroson viloyati markazi — Bojnurd shahri Kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi XV Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Ushbu nufuzli musobaqa jahonning eng kuchli polvonlarini bir joyga jamlash barobarida, Kurashning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash, sport diplomatiyasi va madaniy muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi. CHempionat doirasida IKA Boshqaruv qumitasi yig'ilishi, IKA Navbatdagi Kongressi, xalqaro hakamlar va murabbiylar seminarlari, antidoping bo'yicha o'quv mashg'ulotlari ham tashkil etiladi.
Musobaqalar Bojnurd shahridagi “Alidokh” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Tashkilotchi sifatida Eron Kurash Associaciyasi ishtirokchilar uchun yuqori darajadagi tashkiliy tayyorgarlik, xavfsizlik, logistika va zamonaviy infratuzilmani taminlash uchun ish olib bormoqda. Delegaciyalar Mashhad xalqaro aeroporti orqali kutib olinadi va mahalliy transport bilan taminlanadi.
Jahon chempionati Xalqaro Kurash Associaciyasining amaldagi qoidalari asosida o'tkaziladi hamda musobaqa natijalari bo'yicha WSP reyting ochkolari taqdim etiladi.
Mazkur dunyo birinchiligiga IKAga azo bo'lgan milliy federaciyalar har bir vazn toifasida bitta sportchi bilan ishtirok etishi mumkin.

Manba: olamsport.com
