logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Octagon 83. Asosiy jang chempion hamyurtimiz ishtirokidagi kechadi + POSTER

 15 DEKABR, 2025, 17:16

To'rt kundan keyin "Humo Arena"da o'tkaziladigan Octagon 83 turnirining asosiy jangida mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan aralash yakkakurash ustamiz o'z chempionlik kamarini himoya qiladi.

Promoushenning o'ta engil vazn toifasida o'zbekistonlik chempioni Anvar Abdullaev (10-0) qozog'istonlik Askar Jaksilikov (7-2)ga qarshi oktagonga chiqadi. Besh raundlik janglarda qatnashish bo'yicha tajribasi bor Jaksilikov hisobida 7 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor. Abdullaev esa 10 ta jangining barchasida raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan.  

SHuningdek, turnir kardidan Anvar Abdullaev, SHohasan Mirzamatov, Bobur Abdulazizov, Azizbek Temirov, Odilxon Kamalov, Mansur Otajonov, Abbos Haydarov, Javohir Imomov singari taniqli aralash yakkakurash ustalarimizning janglari o'rin olgan.    

"Humo Arena"ga keladigan tomoshabinlar qo'shni davlatlardan keladigan Bakdaulet Korganbay, Jonibek Jabborov, Arnur Kabdoldaev, Ramazan Amangeldi kabi sportchilarning janglaridan bahramand bo'lishadi.   



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ