Guskov bilan durang qayd etgan Yan Blaxovich Jamal Xillga "vyzov" tashladi va darhol javobini oldi
15 DEKABR, 2025, 15:00
Yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempionlari Yan Blaxovich va Jamal Xill navbatdagi jangda o'zaro oktagonni bo'lishmoqchi."Sen sog'ayib ketishing bilan men tayyorman bo'laman", - deb yozdi polshalik jangchi ijtimoiy tarmoqda amerikalikka murojaat qilib.
"Boshqa gapirishning hojati yo'q - oktagonda ko'rishguncha!", - deya javob berdi Xill.
Yan Blaxovich bir hafta oldin hamyurtimiz Bogdan Guskov bilan jangda durang natija qayd etgan va divizion reytingidagi beshinchi o'rinni saqlab qolgandi. Bundan avvalgi ikki jangida esa u Aleks Perreyra va Karlos Ulbergga imkoniyatni boy bergan edi.
Jamal Xill esa iyun oyida ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgandi. U so'nggi jangida hakamlar qaroriga ko'ra Xalil Rauntriga yutqazgandi. Hozirda Jamal divizion reytingida ettinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: olamsport.com
