logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mbappe va Rodrigoning gollari "Real"ga mehmonda "Alaves" ustidan g'alaba taqdim etdi

 15 DEKABR, 2025, 08:48

Ispaniya La Ligasining 16-tur doirasidagi "Alaves" - "Real" o'yinida mehmonlar muhim uch ochkoni qo'lga kiritishdi.

Dastlab Kilian Mbappe o'yinning 24-daqiqasida mezbonlar darvozasini ishg'ol qilib, uchrashuvdagi hisobni ochdi. Karlos Visente 68-daqiqada muvozanatni tikladi - 1:1. Oradan ko'p o'tmay, aniqrog'i 76-daqiqada Rodrigo gol urib, “Qirollik klubi”ga g'alaba taqdim etdi.

"Real"ning g'alabasi sabab Xabi Alonso jamoa bosh murabbiyi sifatida birmuncha ko'proq qoladigan bo'ldi. Klub rahbariyati "Alaves"ga qarshi o'yinda ijobiy natija qayd etilmasa, Alonsoga chiqish eshiklari ko'rsatilishini malum qilgandi. Peshqadam "Barselona" va ikkinchi o'rindagi "Real" o'rtasidagi farq 4 ochkoligicha qolmoqda.  



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ