logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Xabib Konor Makgregorga murojaat qildi

 14 DEKABR, 2025, 07:32

Xabib Nurmagomedov Konor Makgregor afsonaviy Mayk Taysonga boks texnikasini tushuntirayotgani aks etgan videoga hazil tariqasida munosabat bildirdi.

"Menga yana qanday kurashishni ko'rsatib qo'y", - deb yozdi rossiyalik mag'lubiyat nimaligini bilmay faoliyatini yakunlagan Xabib ijtimoiy tarmoqda rolikka izoh berar ekan.

O'tgan oyda irlandiyalik Nurmagomedovni tanqid qilib, uning Telegram messenjerida raqamli NFT papkalarini sotish loyihasini firibgarlik deb atagandi. Xabib esa bunga javoban Makgregorni Dog'istondagi reabilitaciya markazlaridan biriga davolanishga taklif qilgandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ